platina.uz
Jahon

Janubiy Koreyadagi oʻzbeklar ogohlikka chaqirildi

Mamlakatdagi Oʻzbekiston elchixonasi zarurat uchun telefon raqamlarini qoldirgan.

Janubiy Koreyadagi oʻzbeklar ogohlikka chaqirildi

Janubiy Koreyada yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, mamlakatdagi oʻzbeklar turli mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka chaqirildi.

"Oʻzingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sogʻligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz. Zarurat boʻlgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz soʻraladi: +82 10 3213 4505, +82 10 2909 4334", deyiladi xabarda.

Avvalroq Janubiy Koreyada harbiy holat eʼlon qilingandi. Bu soʻnggi 44 yil ichida birinchi marta sodir boʻlmoqda.

Ayni paytda Janubiy Koreya parlamenti harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid