Buxoroda tozalash davom etadi
Hokimning xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari ham ishdan olindi.

Hafiza Ortiqova Buxoro viloyati hokimiga etib oʻrinbosar tayinlandi.
Ibragimova Feruza Bahodurxanovna boshqa ishga oʻtayotgani munosabati bilan Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod qilindi.
Ortiqova Hafiza Tuymurodovna Buxoro viloyati hokimining oʻrinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Hafiza Ortiqova 1976 yil 24 dekabrda Buxoro tumanida tugʻilgan. 1997 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Biologiya fanlari doktori, professor.
Ayni paytga qadar u Buxoro davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Baxtiyor Adilov ham Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlangandi.
Mirali Hamroyev oʻz arizasiga koʻra hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, Kogon shahri, Vobkent, Qorovulbozor va Peshku tumanlarida hokimlar oʻzgardi.