platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda byudjetdan qariyb 28 mlrd soʻm pul ajratildi

Shahrisabz tumanidagi  500 ga yer maydonini yaxshilash maqsadida 3.5 km uzunlikdagi metall quvur tortish inshooti uchun 9,5 mlrd soʻm,  Koʻkdala tumani hokimi va oʻrinbosarlariga xizmat uyi sotib olish uchun 2 mlrd soʻm berilishi maʼlum qilingan. 

Qashqadaryoda byudjetdan qariyb 28 mlrd soʻm pul ajratildi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi qarori bilan turli maqsadlar uchun respublika byudjeti ssuda mablagʻlari hisobidan 27 mlrd 805 mln soʻm mablagʻ ajratildi. Qaror ilovasida mablagʻlarning sarflanish jadvali keltirib oʻtilgan.

Davlat-xususiy sheriklik asosida asosida xususiy sektorga berilmagan yetti (Gʻuzor, Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Qamashi, Mirishkor va Shahrisabz tumani) maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining issiqlik tizimlarini yahshilash bilan bogʻliq xarajatlar uchun 1,5 mlrd soʻm, Dehqonobod tumanning "Yangi Oʻzbekiston" MFY dan barpo etilayotgan koʻp qavatli uylarni kommunikatsiya muhandislik tarmoqlaridan kanalizatsiya tarmogʻi qurilishini davom ettirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 1 mlrd soʻm, viloyat SSB binosini taʼmirlash va jihozlash uchun 1,5 mlrd soʻm, Shahrisabz tumani "Navroʻz" hududidagi 500 ga yer maydonlarini yaxshilash maqsadida 3.5 km uzunlikdagi metall quvur tortish inshootida bajarilgan qurilish- tiklash ishlari bilan bogʻliq xarajatlar uchun 9,5 mlrd soʻm ajratilishi belgilangan.

Bundan tashqari harbiy maʼmuriy sektor jamgʻarmasiga 1,3 mlrd soʻm, Kitob tumanidagi 49-maktab binosini rekonstruksiya qilish, kutubxona va faollar zali qurish uchun 1 mlrd soʻm, Koʻkdala tumani hokimi va oʻrinbosarlariga xizmat uyi sotib olish uchun 2 mlrd soʻm va boshqalar uchun pul ajratiladi.

Avvalroq Navoiyda ham byudjetdan 30 mlrd soʻmdan oshiq mablagʻ ajratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid