Buxoroda ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 1 mlrd soʻmdan ortiq pul ajratildi
Yana boshqa ijtimoiy maqsadlar uchun esa yana 1,2 mlrd soʻm sarflanadi.

Buxoro viloyati hokimi imzolagan farmoyish bilan turli ijtimoiy maqsadlar uchun jami 2,3 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi. Xususan:
- Shofirkon tumanidagi “Denov” MFY hududidagi ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 140 mln soʻm;
- Qorakoʻl tumanidagi “Yangi qalʼa” MFY hududidagi ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 60 mln soʻm;
- Gʻijduvon tumanidagi “Labiroʻt” MFY hududidagi ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 150 mln soʻm;
- Vobkent tumanidagi “Terakli” MFY hududidagi ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 31 mln soʻm;
- Vobkent tumanidagi “Guliston” MFY hududidagi ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 45 mln soʻm;
- Vobkent tumanidagi “Bozorjoyi” MFY hududidagi ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 70 mln soʻm;
- Buxoro shahrining yangi bosh reja loyihasini ishlab chiqish uchun 600 mln, jami 1,1 mlrd soʻm.
Shuningdek, bir qator ijtimoiy obʼektlarni taʼmirlash va obodonlashtirishga yana 1,1 mlrd ajratiladi:
- Buxoro shahridagi “Sayfiddin Boharziy” ziyoratgohi hududida “Islom tamadduni dargʻalari xiyoboni” tashkil etish uchun 500 mln soʻm;
- B.Naqshband majmuasi atrofini obodonlashtirish va tartibga keltirish uchun 150 mln soʻm;
- Kogon tumani hokimligining yangi maʼmuriy binosini jihozlash uchun 300 mln soʻm;
- Buxoro shahar "B.Naqdshband" MFY hududidagi 8-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini rekonstruksiya qilish uchun 183 mln soʻm;
- Kogon tumanidagi madaniyat markazini jihozlash uchun 50 mln, jami 1,2 mlrd soʻm.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Izboskan tumanidagi ichki yoʻllar abgor holatda ekani haqida reportaj tayyorlagan edik.