Senat qoʻmitalariga raislar tayinlandi
Bitta qoʻmita rahbarligi vakant boʻlib turibdi.

Bugun Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida Senat qoʻmitalari va komissiyasi tuzildi.
Unga koʻra:
- Erkin Fayziyevich Gadoyev - Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi;
- Abdulxakim Xushbokovich Eshmuratov - Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi;
- Qutbidin Nukritdinovich Burxanov - Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi;
- Baxrom Ismoilovich Abdullayev - Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi;
- Orzigul Moʻydinovna Qozixonova - Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi;
- Anvar Mirzaaxmedovich Tuychiyev - Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi;
- Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi (vakant);
Shuningdek, Senatda Odob-axloq komissiyasi ham tuzildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Senat rahbariyati saylangandi, hukumat esa isteʼfoga chiqarilgandi.