platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan qizlar uchun SMM boʻyicha mahorat darsi oʻtkazildi

Mahorat darsi — bu shunchaki oddiy tadbir emas, balki Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi qizlar uchun unutilmas va takrorlanmas kun, yangicha dunyoqarash va oʻzgacha taassurotlarga boy, aniq maqsad sari yoʻnaltiruvchi muloqot boʻldi.

8 noyabr kuni “Zakovat arena”da “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida Toshkent shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan SMM boʻyicha mahorat darsi tashkil etildi.

Oylik doirasida vaqtincha ishsiz qizlarni kasbga oʻrgatish maqsadida poytaxtlik 1 000 nafar qizlar bepul SMM mutassisligiga oʻqitilmoqda.

Oʻquv kursi 24 moduldan iborat boʻlib, marketing, SMM (biznes model, tahlil, strategiya), kopirayting, ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram, Facebook, TikTok, YouTube, Instagram) ishlash, koordinatorlik, sotuv bilan ishlash, ssenariy yozish, shaxsiy brend yaratish; mobil operator (tasvirga olish mahorati), mobil montaj (tasvirni qayta ishlash, ishlov berish), target, biznes kelishuv kabi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi.

Loyihadan maqsad qizlarga zamonaviy kasb — SMM mutaxassisligi sirlarini oʻrgatish orqali internet va ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalarini yaratib, tadbirkorlik (reklama, dizayn yaratish, onlayn savdo tashkil etish va boshqalar) faoliyatlarini yoʻlga qoʻshdir. Buning natijasida bir oyda oʻrtacha 3 mln soʻmgacha daromad olishlariga erishish mumkin.

Kursda tahsil olayotgan qizlarga motivatsiya berish, jamiyatga qoʻshish, oʻzlariga nisbatan ishonch uygʻotish, yaratilgan sharoitdan unumli foydalanib, zamonaviy kasbni egallash va shaxsiy daromadga erishishga undash maqsadida jamiyatning faol ayollari bilan mahorat darsi tashkil qilindi.

Xususan, mazkur mahorat darsida Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova, Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Kamola Sobirova, jurnalistlardan Yulduz Olimova, Mahliyo Toʻraboyeva, oʻqituvchilardan Kumushoy Nazarqulova, Ogʻabek Kazakov, Humoyun Xolmurodov hamda ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻlgan aktrisalar Gulruh Pirnazarova, Marjona Mirzaaliyeva va Mavluda Hikmatovalar ham ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qilishdi.

Uchrashuvda poytaxt qizlari hamisha Toshkent shahar hokimiyati eʼtiborida ekanligi, ayollarning turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan bunday loyihalar koʻp boʻlishi, ularning muammolari hal etilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solinishi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, uchrashuvda 24 modulli, imtihon tizimi, kurs yakunidan keyingi jarayonlar haqida taqdimotlar qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid