Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Ashurov Jamol Rajabboyevich esa xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi raisi etib saylangan.
Jamiyat
6-noyabr 2024 yil

Foto: Buxoro viloyati hokimligi.
Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi qarori bilan Botir Zaripov viloyat hokimligiga tasdiqlandi.
Botir Zaripov nomzodi Oʻzbekiston prezidenti tomonidan taqdim etilgan.
Shuningdek, Ashurov Jamol Rajabboyevich xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi raisi etib saylandi.

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Avvalroq Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi saylangandi.