platina.uz
Jamiyat

Navoiyda ham isitish mavsumi 7 noyabrdan boshlanadi

Bu haqda hokim Normat Tursunovning farmoyishi eʼlon qilindi. 

Navoiyda ham isitish mavsumi 7 noyabrdan boshlanadi

Navoiy viloyatida iqtisodiyot tarmoqlari, uy-joy fondi va ijtimoiy soha obʼektlarini isitish mavsumi 2024 yil 7 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda hokim Normat Tursunovning farmoyishi eʼlon qilindi.

Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi "Issiqlik manbai" DUK bilan birgalikda kommunal xizmatlar koʻrsatilayotgan hududlardagi koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha va boshqa obʼektlarga qish mavsumida uzluksiz hamda bir meʼyorda issiqlik energiyasi yetkazib berilishini taʼminlaydi.

Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari E.Kamolov hamda viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi A.Niyozov zimmalariga yuklangan.

Eslatib oʻtamiz, 7 noyabrdan Toshkentda ham isitish mavsumi boshlanishi xabar berilgandi. Oʻzbekiston boʻylab ilk bor 1 noyabrdan Surxondaryoda isitishga start berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid