platina.uz
Jahon

Eron havo hududi parvozlar uchun ochildi

Isroil hujumi sabab Eron orqali uchadigan aviakompaniyalar reyslar yoʻnalishini oʻzgartirishga majbur boʻlgandi. 

Eron havo hududi parvozlar uchun ochildi

Isroil raketa hujumi tufayli mamlakat havo hududi yopilganidan keyin Eron parvozlarni qayta tikladi. Bu haqda Eron fuqaro aviatsiyasi tashkiloti vakili Jaʼfar Yazerlu maʼlum qildi.

Keyingi ogohlantirishgacha mamlakat boʻylab toʻxtatilgan havo qatnovi 26 oktabr ertalab soat 9:00 da qayta tiklandi, dedi u.

Eslatib oʻtamiz, 1 oktabr kuni Eron Isroilga raketa hujumi uyushtirdi. Bunga javoban Tel-Aviv 26 oktabrga oʻtar kechasi javob zarbasini yoʻlladi.

Eron matbuoti Isroilning Tehronning gʻarbiy va janubi-gʻarbidagi ayrim harbiy bazalariga hujum qilgani haqida xabar berdi.

Ushbu raketa hujumi sabab Oʻzbekistonga boʻlgan qator aviareyslarda oʻzgarishlar kuzatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid