platina.uz
Jamiyat

Rossiyalik deputat Oʻzbekiston fuqarolariga viza rejimi joriy etishga chaqirdi

Bunga muhojirlarning urushga borishiga qarshi chaqiriq sabab boʻlgan. Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov Mironovning bayonotiga javob qaytardi. 

Rossiyalik deputat Oʻzbekiston fuqarolariga viza rejimi joriy etishga chaqirdi

Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Mironov ("Spravedlivaya Rossiya" partiyasi fraksiyasi rahbari) Oʻzbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi chaqirigʻiga munosabat bildirdi. Bosh konsulxona oʻzbekistonliklarni Ukraina urushida qatnashmaslikka chaqirgandi.

"Oʻzbekiston konsulxonasi Rossiya armiyasiga qoʻshilmaslikka chaqiryapti. Nega bundaylar boshqa imtiyozlardan foydalanishi kerak? Seni boqayotgan, ish bergan davlatni nega himoya qilmasliging kerak?! Viza rejimi! Bizga bunday "fuqarolar" kerakmas", deya yozgan Mironov.

Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov Mironovning bayonotiga javob berdi.

"Oʻzbeklar barakali xalq, ular mehnat qilib pul topadi, odam oʻldirib emas. Rossiyani esa Mironovning oʻzi, oʻgʻillari, kuyovlari, nevaralari himoya qilishi kerak. Bilishimcha, ruslar ham Vatanni himoya qilishni oʻzbeklardagidek muqaddas burch hisoblaydilar?", degan Qodirov.

Eslatib oʻtamiz, avval Senat Oʻzbekiston haqida nojoʻya bayonot berganlarni mamlakatga kirishini cheklash boʻyicha qonunni maʼqullagandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid