platina.uz

Toshkent viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

Otabek Tursunov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimini egalladi. 

Jamiyat
17-oktabr 2024 yil
Toshkent viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

Toshkent viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi.

Tursunov Otabek Ravshanbek oʻgʻli Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi

Otabek Tursunov 1984 yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Otabek Tursunov mehnat faoliyatini 2004 yilda Andijon shahar «Sanoat qurilish temp» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼminotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Hududlarni kompleks rivojlantirish departamenti direktori oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari D. A. Qoʻchqorovning kotibiyatining bosh mutaxassisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi kabi masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval prezident yigʻilishida Toshkent viloyati hokimining ikki birinchi oʻrinbosari ishdan olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+