MY5 10 yoshda: yana 11 nafar gʻolib maʼlum boʻldi
Respublikamizning turli hududlaridan boʻlgan gʻoliblarga smartfon va televizorlar yetkazib berilmoqda.

"Mening yurtim" telekanali 10 yilligiga bagʻishlangan aksiyaning navbatdagi gʻoliblari maʼlum boʻldi. Ularga televizor va smartfonlar uylarigacha yetkazib berildi.
- 11-gʻolib Fargʻonadan Husanova Dildoraga smartfon;
- 12-gʻolib Xorazmdan Xoʻjaniyozova Nilufarga televizor;
- 13-gʻolib Samarqanddan Boboxonov Boboxonga smartfon;
- 14-gʻolib Qashqadaryodan Xolmoʻminov Javohirga televizor;
- 15-gʻolib Sirdaryodan Nazarova Dilfuzaga smartfon;
- 16-gʻolib Andijondan Joʻrayeva Guliraʼnoga televizor;
17-gʻolib Surxondaryodan Hazratqulov Shamsiddinga smartfon;
- 18-gʻolib Namangandan Erkinova Niholaga televizor;
- 19-gʻolib Jizzaxdan Abdualiyeva Nasibaga smartfon;
20-gʻolib Qoraqalpogʻistondan Oʻrozovaga Gulmiraga televizor;
- 21-gʻolib Navoiydan Hayitova Shahloga smartfon.
Aksiyaning dastlabki va keyingi gʻoliblari haqida oldin xabar berilgan edi.
Aksiyada qatnashish
Har kuni soat 16:00 dan 18:00 ga qadar “Mening yurtim” telekanalidan uzoqlashmay, shu paytda efirda koʻrsatilgan sirli raqamlarni @my5_bot Telegram boti orqali yuborish va ballar toʻplash lozim.
Telekanal @my5_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtgan barchaga BizMedia ilovasi uchun 30 kunlik vaucher taqdim etadi.
Bundan tashqari, MY5 oʻz tomoshabinlari uchun tayyorlagan sovgʻalar ichida 30 ta smartfon, 30 ta televizor bor. Bosh sovrin – 50 000 000 soʻm. Aksiya 25 sentabrdan 25 noyabrgacha davom etadi. Gʻoliblar har kuni ertalab “Omon-omon” dasturida eʼlon qilib boriladi.