Karmana tumani hokimi hayfsan oldi
Karmana ishida xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻygan va majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan.

Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi Valijon Adizovga hayfsan jazosi qoʻllanildi.
U ish faoliyati davomida xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻygan va oʻziga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan.
Eslatib oʻtish kerak, Adizov shu yil boshida tanqid bilan ishdan olingan eski hokim oʻrniga tayinlangandi.