Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi
U ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar "Oʻzcharmsanoat" uyushmasida boʻlim boshligʻi sifatida ishlagan.

Andijon viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi.
Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga Sobirov Ilhom Qahramonovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ilhom Sobirov 1974 yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tugʻilgan. 1996 yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini, 2003 yilda Guliston davlat universitetini, 2006 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat kurilish akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida “Oʻzpaxtasanoat” AJda bosh texnik, mutaxassis, bosh muhandis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasida shoʻʼba mudiri kabi lavozimlarda ishlagan.
Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi standartlar va innovatsiyalarni joriy qilish hamda grantlarni jalb qilish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq Fargʻona viloyati hokimiga ham oʻrinbosar tayinlangandi.