Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sohiblari eʼlon qilindi
Devid Beyker, Demis Xassabis va Jon M. Jamper oqsil boʻyicha izlanishlari uchun taqdirlandilar.

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlarini eʼlon qildi.
Nufuzli mukofot uchta olimga topshirildi: Devid Beyker, Demis Xassabis va Jon M. Jamper.
Devid Beyker "hisoblash oqsili dizayni uchun"
Demis Xassabis va Jon M. Jamper esa oqsil tuzilishi boʻyicha izlanishlari uchun mukofotni qoʻlga kiritgan.
Oʻtgan yili Mungi Bavendi, Lui Bryus va Aleksey Yekimovlar kvant nuqtalarini - diametri bir necha nanometr boʻlgan noyob optik va elektron xususiyatlarga ega mayda zarralarni kashf etgani va sintez qilgani uchun kimyo boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgandi.
Avvalroq Jon Xopfild va Jeffri Xintonga fizika boʻyicha Nobel mukofoti berilgandi. Ular neyron tarmoqlarni mashina taʼlimi asosida oʻqitish boʻyicha tadqiqotlar olib borishgan.