"Mening yurtim" telekanali tanlovida yana 6 gʻolib aniqlandi
Respublikamizning turli hududlaridan boʻlgan gʻoliblarga smartfon va televizorlar yetkazib berilmoqda.
"Mening yurtim" telekanali 10 yilligiga bagʻishlangan aksiyaning navbatdagi gʻoliblari ham maʼlum boʻldi. Ularga televizor va smartfonlar uylarigacha yetkazib berildi.
3-gʻolib Toshkent viloyatidan Ismoilova Dildoraga smartfon;
4-gʻolib qashqadaryolik Xalilov Joʻrabekka televizor;
5-gʻolib Toshkent viloyatidan Abduazimova Nazminaga smartfon;
6-gʻolib Fargʻonadan Qoraboyeva Maftunaga televizor;
7-gʻolib Andijondan Nizomov Otabekka smartfon;
8-gʻolib Toshkent viloyatidan Omonova Muxarramga televizor.
Aksiyaning birinchi va ikkinchi gʻoliblari haqida oldin xabar berilgan edi.
Aksiyada qatnashish
Har kuni soat 16:00 dan 18:00 ga qadar “Mening yurtim” telekanalidan uzoqlashmay, shu paytda efirda koʻrsatilgan sirli raqamlarni @my5_bot Telegram boti orqali yuborish va ballar toʻplash lozim.
Telekanal @my5_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtgan barchaga BizMedia ilovasi uchun 30 kunlik vaucher taqdim etadi.
Bundan tashqari, MY5 oʻz tomoshabinlari uchun tayyorlagan sovgʻalar ichida 30 ta smartfon, 30 ta televizor bor. Bosh sovrin – 50 000 000 soʻm. Aksiya 25 sentabrdan 25 noyabrgacha davom etadi. Gʻoliblar har kuni ertalab “Omon-omon” dasturida eʼlon qilib boriladi.