platina.uz
Sport

Shavkat Umrzoqov shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisi etib saylandi

Bundan tashqari boʻlim raisi oʻrinbosarlari,  ijrochi direktori hamda kotibi ham saylandi.

Shavkat Umrzoqov shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisi etib saylandi

Poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqov Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisi etib saylandi.

Bugun Toshkent shahar sport boshqarmasi masʼullari, poytaxt sport maktablarining rahbarlari hamda shaxmat boʻyicha murabbiy-mutaxassislari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtgan.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi hamda hozirda Toshkent shahar hokimi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Shavkat Umrzoqov Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisi etib saylandi.

Shu bilan birga Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisining oʻrinbosarlari, ijrochi direktori hamda kotibi saylandi.

Eslatib oʻtamiz, Umrzoqov iyul oyida deputat etib saylangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid