platina.uz
Jamiyat

Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutida yongʻin sodir boʻldi

Institut hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yongʻin sodir boʻlgan. 

Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutida yongʻin sodir boʻldi

1 oktabr kuni soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor koʻchasida joylashgan Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish instituti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Shunga koʻra, 6 ta yongʻin qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 23:54 da yetib borib, soat 00:30 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan, deyiladi xabarda.

Yongʻin natijasida eski qurilish maxsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yongʻinning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Toshkent davlat agrar universitetida ham yongʻin yuz bergandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid