Qibraydagi yongʻin yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Jamiyat
1-oktabr 2024 yil
![Qibraydagi yongʻin yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi](https://cp.platina.uz/media/CACHE/images/IMG_20241001_114357_596.e334c80a1440.webp)
Toshkent davlat agrar universitetidagi yongʻin yuzasidan ish ochildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.
Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar universiteti hududida sodir boʻlgan yongʻin holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 30 sentabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti hududida yongʻin sodir boʻldi.