Tajribali ekoxodimlar farzandlarining kontrakt puli toʻliq toʻlab beriladi
Bunda talabalarga kelgusida davlat organlari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.

Har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat koʻrsatgan ekologiya xodimlari uchun "Tabiat yygʻynligi himoyachisi" tanlovi oʻtkazish va ulardan 100 nafarining davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktining toʻliq summasi toʻlab beriladi.
Bu mablagʻlar Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan beriladi. Bunda talabalarga kelgusida davlat organlari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.
Shuningdek, sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlari bilan shugʻullanuvchi ishchilari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shugʻullanuvchi ishchilari xizmatlarini pagʻbatlantipish maqsadida mazkur ishchilarga, ekofaollarga va jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga har oy 100 tadan velosiped va boshqa mukofotlar beriladi.
Har yili "Eng toza mahalla" tanlovi oʻtkazish va tanlov natijalari boʻyicha gʻolib boʻlgan 14 ta mahallaga mahallaning chiqindi yigʻish maydonchalarini qurish, mahalladagi ijtimoiy obʼektlarga chiqindi konteynerlarini oʻrnatish va daraxtlarni ekish uchun jami 500 million soʻmdan oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilinadi va topshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq qattiq maishiy chiqindilar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan qarzi bor shaxs elektr energiyasi uchun pul toʻlolmasligi xabar berilgan.