platina.uz
Jahon

"Musor"dan qarzdorlar uy yo mashina sotolmaydi

Qarzi boʻlsa, notarius shartnomani tasdiqlamaydi va qarz toʻlanmaguncha bu holat davom etadi.

"Musor"dan qarzdorlar uy yo mashina sotolmaydi

2024 yil 1 apreldan boshlab koʻchmas mulk va mashina sotmoqchi boʻlganlarning maishiy chiqindidan qarzi bor-yoʻqligi tekshiriladi.

Qarzi boʻlsa, notarius shartnomani tasdiqlamaydi va qarz toʻlanmaguncha bu holat davom etadi. Qarzdorlik qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi.

Shuningdek, 2024 yil 1 apreldan boshlab barcha sanitar tozalash korxonalari tomonidan Yagona elektron tizimga ulangan holda fuqarolarga xizmat koʻrsatish hamda ushbu talabni bajarmagan korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilinadi va ular xizmat koʻrsatadigan hududlar davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa korxonalarga biriktiriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq qattiq maishiy chiqindilar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan qarzi bor shaxs elektr energiyasi uchun pul toʻlolmasligi xabar berilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid