Aziz Voitov "Sanoatqurilishbank" kuzatuv kengashi raisligidan chiqarildi
U bilan birga Dilshod Sultonov ham aʼzolikdan chiqarilgan.

“Oʻzsanoatqurilishbank” kuzatuv kengashi raisi Voitov Aziz Botirovichning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Odilbek Isakov esa bank kuzatuv kengashi aʼzosi boʻldi.
Shuningdek, Dilshod Sultonov ham kuzatuv kengashi aʼzolari roʻyxatidan chiqarilgan. Maʼlumot uchun, Dilshod Sultonov Yangiyoʻl shahri hokimi lavozimida ishlaydi.
Dilshod Sultonov 2023 yil avgustgacha Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgandi. U avval vazir oʻrinbosari va Gʻaznachilik boshligʻi lavozimida ham ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, cobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov 2023 yil oktabr oyida ishdan olingandi.
Dekabr oyida esa u korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib tergov qilinayotgani xabar berilgandi.