Ilon Mask insoniyatning eng katta muammosi nimaligini aytdi
Avvalroq Mask 2024 yil avvalgilaridan ham "battarroq boʻlishi" haqida gapirgandi.
Demografik inqiroz insoniyat oldida turgan eng katta muammodir. Bu haqda amerikalik milliarder va tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask X ijtimoiy tarmogʻida yozdi.
U platforma foydalanuvchilaridan birining qator mamlakatlarda tugʻilishning rekord darajada past koʻrsatkichi qayd etilgani haqidagi xabariga shunday izoh berdi. Hozirda hattoki rivojlanayotgan davlatlarda ham tugʻilish tendensiyasi pasayishi kuzatilyapti.
Avvalroq Mask kelayotgan 2024 yil avvalgilaridan ham "battarroq boʻlishi" haqida gapirgandi.
Eslatib oʻtamiz, bu yil dunyo aholisi 8 milliard kishiga yetadi. Aholini roʻyxatga olish byurosi maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi bir yil ichida dunyo aholisi 75 millionga oʻsdi va 1 yanvar kuni 8 milliarddan oshdi.
Maʼlumki, 2011 yilda jahon aholisi 7 milliardlik chegaradan ӯtgan edi. Navbatdagi milliard uchun 12 yil kerak bӯldi xolos. 1960 yilda Yer aholisi 3 milliard,1974 yilda esa 4 milliardni tashkil qilgan.