Toshkentda byudjetdan turli maqsadlar uchun katta pul ajratildi

Jumladan, hunarmandchilik shaharchalari uchun 868 mln. soʻm beriladi. 

Jamiyat
27-yanvar, 9:53
Toshkentda byudjetdan turli maqsadlar uchun katta pul ajratildi

Xalq deputatlari Toshkent shaxar kengashi qarori bilan mahalliy byudjetdan bir qator maqsadlar uchun mablagʻlar ajratildi.

Jumladan, Yangihayot tumani Ijtimoiy xizmatlar agentligiga faoliyat yuritishi uchun 37-poliklinikada 2 xonani taʼmirlashga 500 mln. soʻm, moddiy-texnik vositalar uchun 400 mln. soʻm, jami 900 mln. soʻm ajratiladi. 

Shuningdek, Toshkent shahrining oʻziga xos milliy hunarmandchiligi va madaniy hayotini aks ettiruvchi hunarmandlik shaharchalari uchun 868 mln. soʻm,  Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Toshkent shahar boʻlimi xodimlari maoshi va boshqa toʻlovlar uchun 360,7 mln. soʻm ajratiladi. 

Yuqori koʻrsatilgan xarajatlar Toshkent shahrining 2024 yilgi byudjetining qoʻshimcha mablagʻlari va respublika ssuda byudjetidan ajratiladi. 

Eslatib oʻtamiz, avval Namangan hokimi Shavkat Abdurazzoqov "Navbahor" futbol klubi uchun byudjetdan 2,5 mlrd. soʻm ajratgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+