Shavkat Mirziyoyev Pekinda rasmiy kutib olindi

Marosimdan soʻng oliy darajadagi muzokaralari boshlandi.

Siyosat
24-yanvar, 17:21
Shavkat Mirziyoyev Pekinda rasmiy kutib olindi

24 yanvar kuni Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yigʻinlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda boʻlib turgan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Prezident sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.

Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolarini qutladilar.

Harbiy orkestr ijrosida Oʻzbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi.

Faxriy qorovul boshligʻi Prezidentimizga raport berdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.

Marosimdan soʻng oliy darajadagi muzokaralari boshlandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti bugun Xitoy bosh vaziri va boshqa yirik amaldorlar bilan ham uchrashdi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+