Igor Sergeyev uchun Osiyo kubogi yakunlandi
Futbolchi Avstraliya - Oʻzbekiston uchrashuvida jarohat olgandi.
Sport
24-yanvar 2024 yil

Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi.
Futbolchi kecha boʻlib oʻtgan Avstraliya - Oʻzbekiston uchrashuvida jarohat oldi.
"Afsuski, dastlabki tibbiy tekshiruvlar Sergeyevning oʻng tizzasidan jiddiy jarohat olganini koʻrsatdi. Futbolchimiz turnirdagi ishtirokini yakunladi. Yaqin vaqt ichida jarrohlik operatsiyasini oʻtkazishi kerakligi aniqlandi" deyiladi OʻFA bayonotida.
Taʼkidlash kerakki, 23 yanvar kuni boʻlib oʻtgan Avstraliya - Oʻzbekiston oʻyini 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.