Hindistonda oʻzbek ayolining jasadi topildi
Jasad dam olish maskanidagi xonalardan birida topilgan.

Hindistondagi "Hry" dam olish maskanida oʻzbek ayol va hind erkakning jasadi topilgan deb xabar berdi Daijiworld yangiliklar nashri.
Dushanba, 22 yanvar kuni politsiyaning xabariga koʻra, Hindistonning Haryana shtati Sonipat tumanidagi "Mera Gaon Mera Desh" dam olish maskanida oʻzbekistonlik ayol va dehlilik erkakning yarim-yalangʻoch holatdagi jasadlari topilgan.
Jasadlar yakshanbaga oʻtar kechasi ikki kishi roʻyxatdan oʻtgan, bron qilingan xonada topilgan. Dushanba kuni ertalab jasadlarni aniqlagan dam olish maskani xodimlari politsiyaga xabar berishdi.
Oʻlim sababi oʻlimdan keyingi ekspertizadan soʻng maʼlum boʻladi.
Marhumlar - Dehlida yashovchi Ashok Vixar (26 yoshda), ayol esa oʻzbekistonlik Abdullayeva (32 yosh) ekanligi aniqlangan.
Erkakning oilasi kasalxonaga yetib kelgan, ammo bu haqda izoh berishdan bosh tortgan. Oʻzbekiston elchixonasiga ham hodisa yuzasidan maʼlumot berilgan.
Biroz avval hind rejissyoriga turmushga chiqqan oʻzbek ayoli mamlakatdan ketayotganda ushlangani maʼlum boʻlgandi.