Komil Allamjonov keyingi faoliyatini ochiqladi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva barcha xizmatlari uchun unga minnatdorlik bildirdi.

Prezident administratsiyasidan ketgan Komil Allamjonov keyingi faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini aytdi.
Bugun Prezident yordamchisi Saida Mirziyeyova u bilan uchrashib, barcha xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi va omad tiladi.
"Komil Ismoilovich, fidokorona xizmatingiz va professionalizmingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Kelgusidagi har qanday faoliyatingizda ham omad yor boʻlsin!", dedi Mirziyoyeva.
Eslatib oʻtamiz, Allamjonov Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgandi.