platina.uz

Green Card uchun ariza topshirish 2 oktabrdan boshlanadi

AQShning migratsiya dasturi – Green Card uchun arizalar qabul qilish boshlanmoqda. Roʻyxatga olish bir oydan koʻproq davom etadi. 

Jamiyat
30-sentabr 2024 yil
Green Card uchun ariza topshirish 2 oktabrdan boshlanadi

Green Card lotereyasi qachon boshlanishi maʼlum boʻldi.

AQShning migratsiya dasturi – Green Card uchun arizalar qabuli 2 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanib, 5 noyabr soat 21:00 gacha davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili topshirilgan arizalar natijalari 2024 yil 4 may kuni eʼlon qilingandi. DV-2025 roʻyxatga olish muddati 2023 yil 4 oktabrda boshlangan va 7 noyabr kuni yopilgandi.

Eslatib oʻtamiz, lotereyada gʻolib chiqqan va viza olganlar AQShda yashash va ishlash huquqini qoʻlga kiritadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+