platina.uz
Jamiyat

Xorazm hokimi 4 mlrd soʻmga yaqin pul ajratyapti

Barcha mablagʻlar respublika byudjetidan olingan ssuda mablagʻlari hisobidan beriladi.

Xorazm hokimi 4 mlrd soʻmga yaqin pul ajratyapti

Urganch shahridagi mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq masalalarni tizimli hal etish hamda aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish maqsadida 1 milliard soʻm

Bu pul respublika byudjetidan olingan ssuda mablagʻlari hisobidan Urganch shahar mahalliy byudjetiga ssuda sifatida ajratiladi.

Xorazm viloyati kurash federatsiyasi xodimlarining 2024 yil olti oylik ish haqi xarajatlari uchun 575 million soʻm respublika byudjetidan olingan ssuda mablagʻlari hisobidan Xorazm viloyati kurash federatsiyasiga ajratiladi.

Shuningdek, Xiva tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 25-sonli maktabning eski boʻsh binosi negizida IT park tashkil etish, taʼmirlash va jihozlash ishlari uchun 300 million soʻm, 7 sentabrda tasdiqlangan manzilli roʻyxatga asosan tuman(shahar)larda bittadan tashkil qilish belgilangan namunali madaniyat markazlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 828,6 million soʻm, jami 1,1 milliard soʻm ajratiladi.

Bu mablagʻlar respublika byudjetidan olingan ssuda mablagʻlari hisobidan viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi davlat unitar korxonasiga oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining shartnoma toʻlovlarini qoplash uchun 992 million soʻm respublika byudjetidan olingan ssuda mablagʻlari hisobidan viloyat “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga beriladi.

Qoʻshkoʻpir tumanidagi Koʻktom va Oltin voha mahallalarida zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish uchun 196 million soʻm ham Qoʻshkoʻpir tumani mahalliy byudjetiga ssuda sifatida ajratiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Urganch shahridagi Al-Xorazmiy massivi hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun 3 mlrd 628 mln soʻm ajratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid