platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Rossiyaga: "Ichki ishlarga aralashmaslik tamoyili muhim"

Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. 

Oʻzbekiston Rossiyaga: "Ichki ishlarga aralashmaslik tamoyili muhim"

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov Nyu-Yorkda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, jumladan, strategik sheriklikning dolzarb mavzulari, shuningdek, boʻlajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan atroflicha suhbat oʻtkazilgan.

“Oʻzaro ishonchni mustahkamlash yoʻlida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligi taʼkidlandi.
Biz ittifoqchilik ruhidagi doimiy muloqotimizni davom ettirishga kelishib oldik”, – deydi Saidov.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahri Chilonzor tumani 188-maktabdagi vaziyat yuzasidan ayrim rossiyalik rasmiylar turli chiqishlar qilib kelayotgan va bu oʻzbekistonlik ijtimoiy faol fuqarolarning eʼtirozlariga sabab boʻldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid