OAV: Durov soʻroqda yiliga bir dirham maosh olishini aytdi
Ushbu miqdor hatto bir dollarni ham tashkil qilmaydi. Lekin Bloomberg Durov 9 mlrd dollardan oshiq boylikka ega ekani maʼlumot bergan.

Telegram asoschisi Pavel Durov soʻroq paytida yiliga 1 dollardan kam maosh olishini aytdi.
Fransiya poytaxti Parijdagi soʻroq paytida Telegram asoschisi yiliga 1 BAA dirhami (qariyb 3500 soʻm) olishini aytdi, deb yozadi Fransiyaning Le Monde gazetasi. Nashrning taʼkidlashicha, Durov "oʻzini kambagʻal sifatida koʻrsatishni yaxshi koʻradi", ammo bunday past maosh bilan u multimilliarder boʻlib turibdi.
Forbes roʻyxatida Durov 15,5 milliard dollar boyligi bilan 127-oʻrinni egallaydi; Bloomberg uning boyligini 9,07 milliard dollarga baholaydi.
Jurnalistlarning eslatishicha, tadbirkor Telegramdagi aksariyat aksiyalarga egalik qiladi.
Fransuz nashriga koʻra, avgust oyida ushlanib, birozdan soʻng garov asosida qoʻyib yuborilgan Durov hozirda Parijdagi muhtasham mehmonxonalardan birida istiqomat qilmoqda.
Avvalroq Durov messenjer qoidalarini buzgan shaxslar maʼlumoti maxsus xizmatlar soʻrovlariga binoan ularga taqdim etilishi mumkinligini aytgandi.