platina.uz
Jamiyat

Bunyod Mamajonov Uchtepa tumani hokimi etib tayinlandi

U 2020 yildan shu kunga qadar "Asakabank" boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgandi. 

Bunyod Mamajonov Uchtepa tumani hokimi etib tayinlandi

Mamajonov Bunyod Baxtiyorovich Uchtepa tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Bunyod Mamajonov 1985 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2008 yilda Toshkent moliya institutini magistrlik darajasi bilan tamomlagan.

2020 yildan shu kunga qadar "Asakabank" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib oʻtamiz, avval Toshkent shahrining Shayxontohur, Mirzo Ulugʻbek tumanilarida ham hokim almashgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid