Portlashda halok boʻlganlar oilasiga kompensatsiya beriladi
Boysundagi avariya qurbonlarining oila aʼzolari vasiylikka olindi, deya xabar berdi Platina.uz manbasi.
Jamiyat
18-sentabr 2024 yil

Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida sodir boʻlgan avariya qurbonlarining oila aʼzolari vasiylikka olindi, deya xabar berdi Platina.uz manbasi.
Aytilishicha, ERIELL Group kompaniyasi kompensatsiya toʻlab beradi. Hozircha tovon puli miqdori aniq emas.
Gaz konidagi avariya oqibatida 4 kishi halok boʻlgandi, Shavkat Mirziyoyevga hodisa sodir boʻlishi bilanoq xabar berilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2 nafar qurbon haqida maʼlumot berilgandi.