TATU: tarixi, qisqartmalari, turlari va ustalari. 4-son
Tarixchilar eng qadimgi tatu izlari eramizdan avvalgi VII asrlarga mansubligini aniqlashgan.
Ayrim odamlar orasida oʻzligini namoyon qilish, oʻz qarashlari, maqsadlari, shaxsiyatini koʻrsatish uchun tanasiga turli suratlar chizdirish keng tarqalgan. Tatuirovka (tatu) fransuz tilidagi tatouer yoki taiti tilidagi tatau soʻzlaridan olingan. Jinoyatchilik olami vakillarining rus jargonida esa tatu “nakolka” (“sanchib tushirilgan”) deb ataladi.
Tatu chizdirishda bitta yoki bir nechta igna bilan badanda izchil nuqtachalar teshiladi va ustidan rangli (asosan qora) kukun yoki siyoh quyiladi. Natijada jarohat bitgach, bir umr ketmaydigan surat paydo boʻladi.Chizilgan surat vaqt oʻtishi bilan rangpar boʻlib qolishi mumkin, lekin batamom oʻchib ketmaydi.
Boshqa tafsilotlarni yuqoridagi videolavhada koʻrish mumkin.
Maqolani toʻliq oʻqish: Tatularning turlari va maʼnolari. 4-maqola