platina.uz

Fransiya Pavel Durovning akasini qamoqqa olishga order berdi

Politico nashri maʼlumotiga koʻra, aka-ukani qamash boʻyicha qaror bir necha oy avval chiqarilgan. 

Jahon
28-avgust 2024 yil
Fransiya Pavel Durovning akasini qamoqqa olishga order berdi

Fransiya Telegram asoschisi Pavel Durovning akasi Nikolayni qamoqqa olish uchun order berdi.

Bu haqda Politico hukumat hujjatiga asoslanib maʼlum qilgan. Nikolay Durov ukasi Pavel bilan birgalikda 2024 yil mart oyida qidiruvga berilgan.

"Hujjat shuni koʻrsatadiki, Telegramga nisbatan fransuz tergovi bir necha oy oldin boshlangan va bu ish Telegramning bolalarga jinsiy zoʻravonlik boʻyicha tergov doirasida fransuz politsiyasi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishi bilan bogʻliq", — deb yozadi Politico.

Nashrning yozishicha, Pavel va Nikolay Durovlarni hibsga olish uchun orderlar Telegramning ismi oshkor etilmagan foydalanuvchisining shaxsini aniqlash boʻyicha sud soʻrovini javobsiz qoldirganidan keyin chiqarilgan.

Eslatib oʻtamiz, Pavel Durov 24 avgust kuni Parijda ushlandi. Unga 12 ta ayblov qoʻyilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+