Namangan viloyati hokimligi

Nepotizm va korrupsiyali hokimiyatni kimlar boshqaryapti?

Jamiyat
26-avgust, 20:02

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov 1976 yilda Namanganda tugʻilgan. 1998 yil Namangan muhandislik-qurilish insitutini, 2006 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

2015 yildan 2017 yilgacha Namangan tumani hokimi, 2017 yildan esa Namangan shahar hokimi boʻlib ishlagan. 2020 yil mart oyida Ekologiya va atof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasini boshqargan. 2020 yil 25 sentabrdan Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan va hokimlikka tayinlangach, sobiq hokim Xayrulla Bozorov tomonidan boshlangan “Namangan citi” qurilish loyihasini bekor qilgan. 

Abduhamidov Akramjon Abduvaxabovich moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari 1973 yil Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1997 yil. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000 yil Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Djamalov Gʻofir Oribjanovich qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1974 yil Namangan shahrida tugʻilgan. 1997 yil Namangan sanoat-texnologiya institutini, 2006 yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. 2020 yildan 2023 yilgacha Namangan shahar hokimi, 2020 yil Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari, uy-joy kommunal xizmat vazirining oʻrinbosari kabi vazifalarda ishlagan.

Inamov Okibjon Odiljonovich investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi 1984 yil Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2008 yil Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Hakimov Anvarjon Botiraliyevich qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari 1967 yil Chortoq tumanida tugʻilgan. 1991 yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. 

Murodxujayev Gʻulomjon Sobitxujayevich yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari 1979 yil Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1999 yil Namangan davlat universitetini, 2010 yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Xatamov Jamshid Muxtorovich jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari1978 yil Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilgan. 1999 yil Fargʻona davlat universitetini tamomlagan. 

Yakubova Dinara Isakovna Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi 1970 yil Fargʻona shahrida tugʻilgan. 1994 yil Namangan davlat universitetini tugatgan.

Nuritdinov Botir Qodirxanovich turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshligʻi 1976 yilda Namangan shahrida tugʻilgan. 1998 yili Namangan muhandislik pedagogika institutini, 2010 yili Davlat boshqaruvi akademiyasini, 2016 yil Yaponiyaning Osiyo va Tinch okeani universitetini tamomlagan.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha sobiq oʻrinbosari Saidahmad Sultonovga sud hukmi oʻqildi. Unga koʻra sobiq hokim tender savdolari oʻtkazilmagan va loyiha-smeta hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda viloyat hududidagi bir nechta ichki yoʻllarni qurish ishlarini ogʻzaki koʻrsatmalar bilan “Namangan qurilish dizayn savdo” MChJga topshirgan. Bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali qariyb 15,5 mlrd soʻm miqdordagi budjet mablagʻlari oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan.  Undan tashqari faoliyati davomida bir qancha pullarni oʻz mansabidan foydalangan holda olib, shaxsiy ishlariga sarflab yuborgan.


Fargʻona viloyati hokimligi


Andijon viloyati hokimligi


Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+