platina.uz
Jahon

Yaponiya bosh vaziri lavozimini tark etadi

Fumio Kisida sentabr oyidagi saylovlarda ishtirok etmasligini bildirdi. U Yaponiyani 2021 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. 

Yaponiya bosh vaziri lavozimini tark etadi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida lavozimini tark etadi. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar berdi.

Kisida mamlakatning hukmron Liberal-demokratik partiyasi rahbari saylovida ikkinchi muddatga nomzodini qoʻymaslik qarorini maʼlum qilgan.

Bu haqda u oʻz qarorgohida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytgan.

"Partiya oʻzgarib borayotganini koʻrsatish uchun birinchi va eng tushunarli qadam - men oʻzim rahbarlikni tark etishimdir. Men partiya raisi sifatida saylovda qatnashmayman”, - deya taʼkidladi Kisida.

Sentabr oyida Yaponiyada partiya raisligi uchun saylovlar boʻlib oʻtadi. Partiyaning yangi rahbari mamlakatning keyingi bosh vaziri boʻladi.

Kisida bosh vazir lavozimida 2021 yil oktabrdan beri ishlab keladi. U Yosixide Suga oʻrnini egallagandi. U avval mudofaa vaziri, tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan.

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri kuchli zilzila xavfi sabab Oʻzbekistonga safarini bekor qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid