platina.uz
Jamiyat

Aziz Voitov JKning 4 ta moddasida ayblanyapti

Sobiq qishloq xoʻjaligi vazirining ishi sudga oshirildi.

Aziz Voitov JKning 4 ta moddasida ayblanyapti

Sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitovning tergovi tugab, ishi sudga oshirildi.

Sobiq vazirning ishi 15 avgust kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tumani sudida koʻrib chiqiladi.

Hozircha Aziz Voitovga Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi boʻyicha ayblov eʼlon qilingan:

  • 167-modda 3-qism a va v bandi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish);
  • 205-modda 2-qismi a bandi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish);
  • 206-modda 2-qismi a bandi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish);
  • 209-modda 2-qismi a bandi (mansab soxtakorligi).

Eslatib oʻtamiz, cobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov 2023 yil oktabr oyida ishdan olingandi.

Dekabr oyida esa u korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib tergov qilinayotgani xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid