Ruslan Oʻrazbayev Gurlan tumani hokimi etib tayinlandi
U Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Oʻrazbayev Ruslan Xajibayevich Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi xabar berdi.
Ruslan Oʻrazbayev 1979 yilda tugʻilgan, 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Nomzod Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zahirasidan tavsiya etildi.
Avvalroq Yangiariq tumaniga hokim tayinlangandi.