platina.uz

Sardorbek Ergashev Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi

U avval ushbu hokimlikda oʻrinbosar boʻlgan va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida ham ishlagan. 

Jamiyat
7-avgust 2024 yil
Sardorbek Ergashev Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi

Ergashev Sardorbek Qodirovich Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.

Sardorbek Ergashev 1986 - yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti-oliy. 2011- yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2023 yilda Toshkent arxitektura-qurilish universitetlarini tamomlagan.

U faoliyati davomida Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, bugun Gʻozgʻon shahri, Furqat, Mingbuloq va Taxiatosh tumanlarida ham rahbarlar oʻzgardi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+