platina.uz
Jahon

Niger hukumati ham Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Bunga rasmiy  Kiyevning "terrorchi guruhlarni qoʻllab-quvvatlayotgani" sabab qilib koʻrsatilmoqda.

Niger hukumati ham Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Nigerda hokimiyatni qoʻlga kiritgan harbiy hukumat Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzganini eʼlon qildi.

Niger hukumati bunga Kiyevning "terrorchi guruhlarni qoʻllab-quvvatlayotganini" sabab qilib koʻrsatmoqda. Qaror darhol kuchga kiradi, deb xabar beradi AFP.

Niger harbiy xuntasi bu qarorni iyul oyining oxiridagi Malidagi voqealardan soʻng qabul qildi, ushbu davlat ham Rossiya bilan ittifoqqa kirgan harbiy rejim tomonidan boshqariladi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil iyulidan Nigerda harbiy toʻntarish yuz bergandi, prezident Muhammad Bazum hokimiyatdan chetlatilgandi.

Ikki kun oldin Mali ham Ukraina bilan aloqalarini uzgandi. Ukraina tomoni qoʻzgʻolonchi tuareg qabilalariga razvedka maʼlumotini uzatishda ayblandi. Tuareglarning hujumi sabab Mali koʻplab askarlar yoʻqotdi, jumladan yollanma "Vagner" harbiy shirkati jangchilari ham qurbonlar bergan.

Niger hukumatining BMTdagi soʻzlovchisi Amadu Abdurahmonning Ukraina tomonidan "tajovuz" haqida gapirganidan soʻng, BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻilishini oʻtkazishni talab qilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid