Toshkentda piyodalar oʻtish joylari qurish uchun boshlanishiga 53 mlrd. soʻm ajratiladi
Sebzor suv inshootida basseyn suvi va suzish havzalarini issiq suv bilan taʼminlash uchun esa 600 mln. soʻm beriladi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining mablagʻ ajratish boʻyicha qarori eʼlon qilindi.
Unga koʻra, poytaxt byudjetining 2024 yil davomida shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan 20 ta piyodalar yer usti oʻtish joylariga dastlabki ishlarni boshlash uchun 53 mlrd. 629 mln. soʻm ajratiladi. Qarorda aytilishicha, jami 25 ta oʻtish joyi qurilishi belgilangan boʻlib, unga 107 mlrd. soʻmdan oshiq pul ketishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Sebzor suv havzasida basseyn suvi va suzish havzalarini issiq suv bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida ushbu bazada muqobil qozonxona qurish uchun 600 million soʻm mablagʻ beriladi.
Toshkent shahar hokimi koʻrsatilgan xarajatlar uchun mahalliy byudjetdan pul ajratish boʻyicha qarorlar chiqaradi.
Avvalroq Xorazmda mahalliy byudjetdan 13 mlrd. soʻm ajratilishi maʼlum boʻlgandi.