platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi Lukoylga asossiz olingan mablagʻlarni qaytarish majburiyatini qoʻydi

Kompaniyaga yana bunday holatga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi. 

Raqobat qoʻmitasi Lukoylga asossiz olingan mablagʻlarni qaytarish majburiyatini qoʻydi

Raqobat qoʻmitasi Lukoylga narx manipulyatsiyasi boʻyicha olingan pullarni qaytarish majburiyatini qoʻydi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan ish qoʻzgʻatilgandi.

Mazkur ish yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilayotganligi boʻyicha maʼlum qilgan edi.

Ushbu ish yuzasidan Qoʻmitaning Maxsus komissiyasi “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomi talablarining buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi natijasida asossiz olingan mablagʻni qaytarish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf etish va keyinchalik yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

Maʼlumot oʻrnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid