Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga oʻtkaziladi
Inspeksiyaning texnik vositalar, shu jumladan dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga oʻtkazilishi belgilandi.
Prezident yigʻilishda Qurilish inspeksiyasi faoliyatini jonlantirish zarurligi qayd etildi.
Oʻtgan bir yarim yilda ekspertizasi yoʻq 2,2 ming obʼekt qurilishiga asossiz ruxsat berilgan. Oʻtgan yil roʻyxatdan oʻtkazilmasdan qurilishi boshlangan 1,6 mingta obʼekt aniqlangan.
Shu bois, ushbu inspeksiya hukumat tarkibiga oʻtkazilishi va vakolatlari kengaytirilishi belgilandi.
Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar boʻyicha jazo choralarini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Bunday holatlarni aniqlash uchun Qurilish inspeksiyasining texnik vositalar, shu jumladan dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Yangi qurilish loyihalarida tadbirkorlar elektr va gaz taʼminotiga ulanishi uchun texnik shartlar olish tizimini raqamlashtirish vazifasi qoʻyildi.
Bunda tarmoqqa ulanish nuqtasini inson omilisiz avtomatlashgan tarzda tanlash tizimi joriy qilinadi.
Bu yilgi Investitsiya dasturida 1 ming 896 ta loyihaga 20,5 trillion soʻm ajratildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qurilish vaziri Botir Zokirov sogʻligʻidagi muammolar sabab lavozimdan ozod etilgandi.