Angliya termasi bosh murabbiyi isteʼfoga chiqdi
Ketma-ket ikki marta Yevropa chempionati finalida yutqazgan Sautgeyt ketishini eʼlon qildi.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Yevro-2024 finalidagi magʻlubiyatdan keyin isteʼfoga chiqdi.
Futbol boʻyicha Angliya terma jamoasi murabbiyining isteʼfosi uzoq kuttirmadi. Ketma-ket ikkinchi bor Yevropa chempionati finalida magʻlub boʻlganidan ikki kun oʻtib, Garet Sautgeyt ketishini eʼlon qildi.
Jamoa bir necha kun avval Berlinda Ispaniyaga magʻlub boʻldi va uch yil avval ham Yevro-2020 finalida Italiyaga penaltilar seriyasida yutqazgandi.
Sautgeyt jamoa bilan 102 oʻyin oʻtkazib, 61 gʻalaba va 17 magʻlubiyatga uchragan.
Oxirgi chempionat yakunida u chempionatda ketma-ket 13 oʻyinda magʻlub boʻlmagan (penaltilar seriyasidagi magʻlubiyatlarni hisobga olmaganda) tarixdagi birinchi murabbiyga aylandi.
Biroq, butun turnir davomida u sust futbol taktikasi va Angliya terma jamoasi yulduzlari salohiyatidan foydalana olmaslikda ayblanib, tanqid qilindi.