platina.uz
Jahon

Oʻshda kuchli sel oqibatida favqulodda holat joriy etildi

Sel shahardagi infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazgan. 

Oʻshda kuchli sel oqibatida favqulodda holat joriy etildi

Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida kuchli sel oqibatida favqulodda holat joriy etildi. Bu haqda "Kabar" axborot agentligi xabar berdi.

Qirgʻiziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu rejim shahar hokimi tomonidan sodir boʻlgan sel oqibatlarini bartaraf etish va boshqa tezkor choralarni koʻrish maqsadida joriy etilgan. Shahar bozorini ham sel bosgani tasvirlari tarqaldi.

Oʻsh shahrida sel bir ayol va uning uch qizini olib ketgani haqida xabar berilgan.

Shuningdek, Andijonda Qirgʻizistondan oqib kelgan jasad topilgan.

Iyun oyining oxirida ham Oʻsh viloyatining Nookat tumanida sodir boʻlgan vayronkor sel aholi va sayyohlar orasida qurbon boʻlishiga olib kelgandi. Halok boʻlganlar orasida bolalar ham boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, kuchli sel sabab Andijonda koʻprik buzilib ketgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid