Fargʻona viloyati hokimligi rahbariyatini taniysizmi?
Vazirliklardan keyin rahbariyatlarni tanishtirish navbati hokimliklarga yetib keldi.

Vazirliklardan keyin rahbariyatlarni tanishtirish navbati hokimliklarga yetib keldi. Bugun Fargʻona viloyatidan boshlaymiz.
Hokim Bozarov Hayrullo Hayitboyevich 2020 yildan buyon hokim. U Namangan sanoat-texnologiya instituti (sirtqi) boʻlimini yakunlagan. Mutaxasisligi – iqtisodchi. 2010 yilda "Doʻstlik" ordeni va 2020 yilda "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Birinchi oʻrinbosar Sirojitdinov Xabib Kamilovich moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha javobgar.
Oʻrinbosar Ahmedov Xurshidjon Rustamovich turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha javobgar.
Oʻrinbosar Kuldashev Burhon Xudoyberdiyevich jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha javobgar.
Oʻrinbosar Kavlanova Kamila Anvarovna oila va xotin-qizlar yoʻnalishiga masʼul.
Oʻrinbosar Raximov Sherzod Abduxalilovich yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha javobgar.
Axborot xizmati rahbari Djumabayev Dilmurod Xasanbayevich.
Batafsil yuqoridagi videoda.
Vazirliklar rahbariyati bilan bu yerda tanishish mumkin.