Xorazmda mahallalarni rivojlantirish uchun 4,5 mlrd. soʻm ajratildi
Pul Respublika byudjetidan olingan ssuda mablagʻlari hisobidan berilishi koʻzda tutilgan.

Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov 8 iyul sanasida mablagʻ ajratish boʻyicha farmoyishni imzoladi.
Farmoyish mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmalar boʻyich dolzarb masalalarni hal etish va aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratishni koʻzda tutadi.
4,5 milliard soʻm Respublika byudjetidan olingan ssuda mablagʻlari hisobidan viloyat hokimligining "Yagona buyurtmachi" xizmati injiniring kompaniyasiga ajratiladi.
Farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimi birinchi oʻrinbosari M.Achilov zimmasiga yuklangan.
Avval Toshkentda intelektual oʻyinlar uchun bino xarajatlariga 36 mlrd. soʻm ajratilishi maʼlum boʻlgandi.