platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida ishchi va tarbiyachi baxtsiz hodisa qurboni boʻldi

Toshkent tumanidagi qurilishda ishchi 10-qavatdan yiqilib vafot etgan. 

Toshkent viloyatida ishchi va tarbiyachi baxtsiz hodisa qurboni boʻldi

Toshkent va Quyichirchiq tumanida ikki kishi baxtsiz hodisa oqibatida halok boʻldi.

Bu haqda Kambagʻallikka qarshi kurashish boshqarmasi buyruqlarida maʼlum qilingan.

Jumladan, shu yilning 15 yanvarida Toshkent tumanida davom etayotgan qurilishda K.B. 10-qavatdan yiqilib tushish oqibatida vafot etgan.

Quyichirchiq tumanida tashkilot tarbiyachi yordamchisi X.Z (ayol kishi) transformatorni suratga olish jarayonida tok urishi sabab olamdan oʻtgan.

Buyruqlarga koʻra, har ikkala hodisa yuzasidan maxsus komissich tuzilib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari yuzasidan maʼlumotlar tegishli joylarga taqdim etiladi.

Avvalroq Toshkent viloyatida chilangar va qorovul ham baxtsiz hodisa sabab vafot etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid